Jinoiy o`tmishga ega 6 mashhur yulduz

17:01, 12 may

Boylik va mashhurlikka erishgan insonlar doimo omma diqqat-e`tiborida bo`ladi. Ular ommadan, OAVdan har qancha o`tmishini yashirishga harakat qilmasin, buning iloji bo`lmaydi. Ayniqsa, qonunbuzarliklarga yo`l qo`yishgan bo`lsa, buni berkitishning aslo iloji yo`q. Hamma qatori ular qilgan jinoyati uchun jazo olishga majburdir.


6. Xyu Grant (Hugh Grant) – Fohisha xizmatidan foydalangan

Buyuk Britaniyalik mashhur yulduz filmlarda adabiy tilda gapiruvchi madaniyatli inson, aqlli va yaxshi yigit rollarini ijro etgan  Xyu Grantning jinoyat ustida qo`lga tushishi mumkinligi aql bovar qilmaydigan holatdir. Fohisha xizmatidan foydalangani uchun Xyu Grantning polisiya mahkamasida qamoqqa olingani aks etgan surat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga solgan edi. Grant Gollivudda fohishaning oldiga kelib, mashinasiga mindirgan paytda, uning ortidan kelgan polisiyachi uni to`xtatgan. Grant polisiyachiga qo`pol muomala qilmagan. U mashinasiga mindirgan fohisha Divayn Braun Grant uni mashhur qilganligi uchun minnatdorchilik bildirgan. Bu janjaldan keyin u televideniega chiqish va intervyular hisobiga 1500000 dollar pul ishlab topgan. 


5. Vaynona Rayder (Winona Ryder) – Katta miqdorda o`g`irlik qilish

Barchaga go`zal tabassumi bilan manzur bo`lgan Vaynona Rayder odamda samimiy va beg`ubor inson sifatida taassurot uyg`otadi. Ammo u ham qonun oldida javob berishga majbur bo`lgan. 

Vaynona Rayder 2001 yilda  “Saks Fifth Avenue” savdo do`konidan 6000 dollar miqdoridagi aksessuarlarni o`g`irlagan. Unga 3 yilgacha qamoq jazosi berilishi lozim bo`lsa-da, prokuror uni qilgan ishidan pushaymon bo`lishga, bu ishining noto`g`riligini anglashiga imkon beradi.

4. Jorj Maykl (George Michael) – Shahvoniy buzuqlik

Jorj Maykl 80 yillarda dunyoga mashhur bo`lgan “Wham” duet guruhidagi katta muvaffaqiyati sababli barcha qizlarning orzusidagi yigit edi. Ammo uning shahvoniy buzuqligi to`g`risidagi shov-shuv barcha xohishlarga nuqta qo`ydi. Polisiya tomonidan qo`lga olingan Jorj Maykl jarimaga tortilib, 80 soatga jamoat ishiga jalb etilgan. 


3. Lindsey Loxan (Lindsay Lohan) – giyohvandlik moddasi saqlash, giyohvandlik moddasi iste`mol qilgan holda avtomobil boshqarish

Lindsey Loxan nosog`lom turmush tarzi, tez-tez qamoqqa tushishi bilan hech kimni hayratga solmay qo`ygan. Uning necha marta qamalganini hisoblash uchun qo`ldagi barmoqlar ham kamlik qiladi, u o`z xatosidan xulosa chiqarish niyatidan yiroq, bu haqda o`ylashni ham istamaydi. Loxan sud kursisiga 20 martadan ortiq o`tirgan, 6 oydan ortiq vaqt qamoqxonada saqlangan.

2. Jeyms Braun (James Brown) – Bosqinchilik, giyohvandlik moddasi saqlash, tan jarohati etkazish

Fank uslubidaga kuylar ijrochisi Jeyms Braun yoshligida bosqinchilik qilgani uchun qamoqqa tushgan. Qamoqdan ozod bo`lgach, diniy qo`shiqlarni kuylash bilan shug`ullangan. Keyinchalik R&B vokal guruhiga qo`shilgan, ular kelajakda mashhur “Famous Flames” guruhiga aylangan. 

Polisiya bilan bo`lgan bir necha to`qnashuvlardan keyin u batamom jinoyatchi nomini olib, tan jarohati etkazish, inson hayotiga xavf solish kabi jinoyatlarda ayblanib, qamaldi.

Braun qamoqdan ozod etilgach, anchaga jinoiy faoliyat bilan shug`ullanmadi, ammo 1998 yilda giyohvandlik moddasi saqlashda ayblanib, giyohvandlikdan qutulish uchun 90 kunlik majburiy davolanish kurslariga qatnashdi.

1. Don King (Don King) – Qotillik

Don King degan nomni eshitganda ko`z oldingizga yovvoyi sochli erkak namoyon bo`ladi. Amerikalik boks proumouteri Don King o`z nomi bilan boks olamidagi mashhur insondir. U Muhammad Ali, Mayk Tayson, Evander Xolifildlarni dunyoga tanitdi.

Bu mashhur bokschilar undan minnatdor bo`lmay, aldaganligi uchun Kingni sudga berishgan. U barcha da`volarni sudgacha hal qilib, qamoqqa tushmay, suvdan quruq chiqishga muvaffaq bo`lgan.

Don King 13 yil davomida 2 kishini o`ldirgani uchun qotillikda ayblangan. Birinchi holatda u o`zimni himoya qildim deb oqlagan. U o`g`irlikka tushgan odamning elkasidan otib o`ldirgan. Ikkinchi qotillik 1966 yilda sodir bo`lgan. U qarzini berolmagan odamni tepkilab o`ldirgan. Ammo u qotillik qilish niyati bo`lmagan deb, atigi 4 yil qamoqda saqlangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!