Singapurda kecha-yu kunduz ishlaydigan Hello Kitty kafesi ochildi

17:11, 12 may

Singapurdagi Changi aeroportida kecha-yu kunduz ishlaydigan dunyodagi birinchi Hello Kitty kafesi ochildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Mazkur kafe butun dunyoga mashhur Hello Kitty brendiga bag`ishlangan.

Kafe “Hello Kitty orxideyalar bog`i” deb ataldi. Orxideya guli Singapurning milliy guli hisoblanadi. 

Kafeda nafaqat taom tanovvul qilish, balki brendga tegishli boshqa mahsulotlarni xarid qilish ham mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!