Mashhur 7 filmdagi xatoliklar

17:30, 12 may

1. “Zulmat ostonasidagi muhabbat”

Bellaning mashinasi old oynasida operatorning kamerasi yaqqol ko`zga tashlanib qolgan.

Palatadagi deraza qonxo`r vampirlardan ham tezroq harakat qilish xususiyatiga ega shekilli u birdan yo`q bo`lib qolgan.

2. “Titanik”

Bu erda operator “Zulmat ostonasidagi muhabbat” dan farqli ravishda eshik oynasida ko`zga tashlangan.

Film davomida “Titanik” kemasining palubasi doimiy ravishda o`zgarib turgan. Bu bilan kema maketi ikkita bo`lganligi sezilib qolgan. Nimagadir ularni bir xil qilib yasalmagani jumboqligicha qolgan.

3. “Karib dengizi qaroqchilari”

Jek Chittak maxsus brendlarga xos buyumlar ishqibozi bo`lgan shekilli Adidas bandanini taqib olgan

Yana uning guruhidagi qaroqchilar ham o`ta zamonaviyligi bilan ajralib turgan.

4. “Troya”

Bred Pittning boshi uzra samolyot uchib o`tgani ko`rinib qolgan.

5. “Uchinchi kishi ortiqcha”

Mark Uoltbergning qahramoni telefonni teskari ushlab turgan bo`lsa-da, bu uning suhbatni davom ettirishiga xalaqit qilmadi.

6. “Bornni identifikasiya qilish”

Ruscha ism inglizchada ham aynan ruscha yozilgan. 

7. “Muhtasham yuz yil” (serial)

Ehtimol, Sulaymon Shohning mobil telefoni yaxshi ishlashi uchun radiolakasiya minorasi zarur bo`lgandir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!