Shohruh repper o`g`lining onasiga uylandi(Foto)

23:24, 12 may

O`zbek shou-biznesida rep yo`nalishida birinchilardan bo`lib ijod qila boshlagan va qisqa vaqt ichida ko`plab muxlislar orttirishga muvaffaq bo`lgan xonanda Shohruh bugun oila qurdi. 

Shohruh va Zlataning nikoh oqshomi Toshkent shahridagi muhtasham “Yakkasaroy” to`yxonasida bo`lib o`tdi. Nikoh marosimiga tashrif buyurgan o`zbek shou-biznesi vakillari xonandaning to`yidan to`g`ridan-to`g`ri reportaj olib borishdi. Aksariyat muxlislar Shohruh repperni allaqachon uylangan deb o`ylashlarini, uning to`yi endi bo`layotganidan hayratda ekanligini yashirolmadi. Chunki xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga tez-tez o`g`li bilan tushgan suratlarini joylab keladi. Hatto, u o`g`li uchun Instagram ijtimoiy tarmog`ida alohida sahifa ham tashkil etgan. Ma`lum bo`lishicha, Shohruh va Zlata qonunan nikohdan o`tishgan, to`ylarini esa hali nishonlashmagan edi.

Ma`lumot uchun, Shohruh va Zlataning 2 yoshli Islom ismli o`g`li bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 10:11, 14 may
krutoO
Гость 10:13, 13 may
kruto
Гость 10:12, 13 may
kruto