"Everton" bosh murabbiysiz qoldi

10:21, 13 may

Angliyaning "Everton" jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines  o`z lavozimidan ozod etdi, deb xabar beradi Sky Sports.

"Everton" Angliya chempionati so`nggi 10 uchrashuvida atigi bitta g`alaba qozongani uchun rahbariyat ispaniyalik mutaxassisni bo`shatishga qaror qildi. 37-turdan so`ng liverpulliklar 44 ochko bilan turnir jadvalining 12-pog`onasida bormoqda.

Mavsum boshida esa Martines oldiga jamoani evrokuboklarga olib chiqish vazifasi qo`yilgan edi. Uning o`rnini "Ayaks" sobiq ustozi  Frank de Bur yoki chililik mutaxassis Manuel Pellegrini egallashi kutilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!