AQSh prezidentining samolyoti turadigan aviabaza terakt xavfi tufayli yopib qo`yildi

10:23, 13 may

AQSh xavfsizlik kuchlari AQSh prezidentiga tegishli “VVS birinchi raqamli bort” deb ataluvchi samolyot saqlanadigan AQSh birlashgan Endryus dengiz aviasiyasi bazasini terakt xavfi borligi tufayli vaqtincha yopib qo`ydi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Soat 17:15 (juma, Moskva vaqti bilan 00:15) da baza tashrif buyuruvchilarni nazoratdan o`tkazish markaziga kelgan ayol, tanasiga bomba bog`langanligini, bazani portlatib yuborishi mumkinligini aytgandan keyin, voqea joyiga mutasaddi tashkilot xodimlari etib kelib, ayolni qo`lga olgan. Ayol tekshirib ko`rilganda, hech qanday bomba yo`qligi aniqlangan.

Shunga qaramay, baza berkitilib, qattiq nazorat ostiga olingan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!