AQShda 360 kiloli ortiqcha vazn bilan kurashayotgan fuqaro vafot etdi

12:28, 13 may

AQShning Missuri shtatida 360 kilogramm vaznga ega ortiqcha vazn bilan kurashuvchi onlayn-faol Larri Evans vafot etdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda. Larri 40 yoshda edi.

U ikki yil ichida 70 kilogramm ortiqcha vazndan xalos bo`lishga qaror qilganidan so`ng ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`lib ketdi. Larri o`z parhezi va ozish uchun qilayotgan mashqlari hamda erishayotgan muvaffaqiyatlari bilan Facebook`da sahifasi orqali tanishtirib borardi. Uning sport bilan shug`ullanayotgani aks etgan videoroliklar 30 mingdan ortiq foydalanuvchilar toomnidan tomosha qilingan.

AQShlik murabbiy Kris Bufning so`zlariga ko`ra,uning mijoji bo`lgan Larri butun dunyoda ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan insonlarga yordam berish istagini bildirgan va bu xatti-harakatlarni o`zidan boshlagan.

“Larri o`z xatti-harakatlari bilan insonlarni sport bilan shug`ullanishga undadi, ilhomlantirdi”,—deydi Larri.

Larrining o`limidan so`ng uning murabbiyi tomonidan Facebook sahifasida e`lon qilingan videorolikni 27,8 million marta tomosha qilishdi. Evansning o`limi sabablari oshkor etilmayapti.

Ma`lumotlarga ko`ra, Larri zotiljamga chalingan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!