Dorixonalardagi dorilarning narxlari o`rtasidagi katta tafovut sabablari ma`lum bo`ldi

12:32, 13 may

O`zbekiston Milliy matbuot markazida O`zbekiston respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan “Aholini sifatli dori-darmonga bo`lgan ehtiyojini qondirish borasidagi ustuvor vazifalar, yurtimizda farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun yaratilgan quly sharoit va imkoniyatlar hamda farmasevtika mahsulotlari sifatini nazorat qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida” mavzuidagi navbatdagi matbuot anjumani bo`lib o`tdi. 

Anjumanni O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri Anvar Alimov olib bordi.  

Tadbirda dorixonalardagi dori vositalarining narxlari orasidagi katta tafovut to`g`risidagi barchani qiziqtiradigan savolga ham javob berildi.

Dorixonalarda dorilarni sotish tartibi “Dori vositalari va tibbiyotda foydalaniladigan buyumlarni sotishda savdo ustamalarini qo`llash tartibi to`g`risida”gi Nizomga asosan belgilanadi.

Unga ko`ra, O`zbekistonga kirib keluvchi dorilarning ustama narxi 20 foizdan oshmasligi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarniki 45 foizgacha etib belgilangan. Dori narxlaridaga  farq ularni horijdan etkazib beruvchilarning har xilligiga bog`liq. 

Istiqbolda yagona dispetcherlik nazorati tashkil etilib, unda dorilarning narxlari haqida ham murojaat qiluvchilarga ma`lumot etkazib berish tizimi yaratilishi ko`zda tutilgan.

Hozirda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan rentabillikni va raqobatni ta`minlash maqsadida yangi qonun hujjati ko`rib chiqilmoqda.

Dorixona muassasalarida narxlar belgilash tartibini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!