300 AQSh dollariga sotilgan maktab direktori

12:50, 13 may

“Siz baribir bu vazifaga noloyiqsiz. O`rningizga oliy ma`lumotli xodimni ishga olaman, yangi xodim esa 300 dollar va`da qilayapti...”

Tegishli huquq tartibot organlari tomonidan tamagirlikni “kasb” qilib olayotganlarga qarshi kurash olib borilayotganiga qaramay, bu jinoyat turi hamon uchrab turibdi. Eng achinarlisi, bu jinoyatning mansabdorlar tomonidan sodir etilayotganidir. “Huquq” gazetasining  joriy yil 21 aprelda chop etilgan 16-sonidagi bir jinoyat tafsiloti yuqoridagi fikrlarning isboti, desak mubolag`a bo`lmaydi.

Maktab direktori Aziza Hayitova oliy ma`lumotga ega bo`lmagan xodimlarni ishdan bo`shatish haqida ko`rsatma oladi. Xodimlarining 12 nafari o`rta-maxsus ma`lumotga ega ekan. Ular orasida ancha yildan beri ishlab kelayotgan "Axborot-resurs markazi" mudirasi Shahnoza Ermatova ham bor edi.

Direktor uni chaqirib, malaka oshirib kelishni tayinladi. Sh.Ermatova sharoiti og`ir bo`lsa-da, rahbarining aytganini qildi. Viloyat markazida bir oy malaka oshirish kurslariga qatnashdi. Qaytib kelgach, direktor uni yana yo`qladi:

—  Siz baribir bu vazifaga noloyiqsiz. O`rningizga oliy ma`lumotli xodim bor, shuni olaman, — dedi u.

—  Bu nima deganingiz? Axir men ishimni yaxshi ko`raman. Qolaversa, pedagogik faoliyat olib bormayman-ku?!

—  Buning menga qizig`i yo`q. Yangi xodim esa 300 dollar va`da qilayapti, — dedi direktor eshikni ko`rsatarkan. Ishdan bo`shashni istamagan Shahnoza dangaliga ko`chdi:

—  O`sha pulni men bersam-chi?! Bo`lmaydimi?

—  Tushunarli! Demak, ishlamoqchisiz. Mayli, yoningizda qancha bo`lsa, tashlab keting, — dedi Aziza Hayitova ham ochiqchasiga. Shahnoza sumkasidan 55 ming so`m pul olib uzatdi.

—  Ha, bori shumi?! — dedi ensasi qotib direktor. — Qolganini ham tezlashtiring.

Shahnoza qolgan pulni qaerdan topishni bilmay, boshi qotdi. Bu orada direktor undan bir necha marta tezlashtirishni so`radi. Nima qilishni bilmagan Shahnoza otasiga dardini aytdi. Otasi esa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishni maslahat berdi.

Ertasiga Aziza Hayitova o`z xizmat xonasida Shahnozadan 200 AQSh dollarini olayotganida ashyoviy dalil bilan qo`lga olindi.

Sud tamagir direktorni aybiga yarasha jazoladi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 12:17, 14 may
Мана буни хакикат деса булади ОТМ да хам шундай иш килинглар