Nukus va Navoiydan Moskvaga to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi

14:24, 13 may

Shu yilning 16 mayidan “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi Nukus- Moskva-Nukus hamda Navoiy- Moskva-Navoiy yo`nalishi bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri qatnovlarni yo`lga qo`yadi. 

Qatnovlar zamonaviy A320 samolyotlarida haftasiga bir marta dushanba kunlari bajariladi.
Qatnovlarni bajarish jadvali quyidagicha:

HY – 625 qatnovi:
Nukusdan uchish - 10:45
Moskvaga etib borish -12:25
HY – 618 qatnovi (seshanba):

Moskvadan uchish - 13:55
Nukusga etib kelish - 19:20
HY – 617 qatnovi:

Navoiydan uchish - 21:15
Moskvaga etib borish - 23:00
HY – 618 qatnovi (seshanba):

Moskvadan uchish - 01:30
Navoiyga etib kelish - 05:55
Qatnovlarning bajarilishi har bir jo`nab ketish punkti bo`yicha mahalliy vaqtda ko`rsatilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!