Shohruh to`yi kechikkani sabablariga izoh berdi

14:31, 13 may

Kecha, 12 may kuni Toshkent shahridagi “Yakkasaroy” restoranida taniqli xonanda, repper Shohruhning nikoh to`yi bo`lib o`tgani haqida xabar berilgan edi

Bu to`y xonandaning aksariyat muxlislarini hayratlantirdi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Rafiqasi bilan 2 yoshli o`g`il farzandni tarbiyalayotgan Shohruhning endi to`y qilayotgani haqiqiy yangilik bo`ldi. Bu hol internet foydalanuvchilari o`rtasida turli gap-so`zlar va taxminlarni keltirib chiqardi. Shohruhning o`zi esa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muxlislariga murojaat etib, kechikkan to`yi haqida quyidagilarni yozib qoldirdi:

“2,5 yil avval qonuniy Nikoh va ZAGSdan o`tib, kichkina bayram qilib oila qurganman. Shu yillar sharoit bo`lmagani uchun to`y marosim o`tkazmadim. Kecha yaqinlar uchun to`y o`tkazdik, ortiqcha gap so`zlarga hojat yo`q”.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Shohruh va uning rafiqasi Zlataga baxt tilaymiz!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 12:43, 16 may
Бахтли булсин, санъаткорлар Шохрухдан одоб ва ахлох, куча куйда юриш, мухлисларга эътибор каратиш урганиши керак. гап йук Йигит