"Paxtakor" murabbiyi Ravshan Ermatovni "Lokomotiv"ga yon bosganlikda aybladi

15:11, 13 may

12 may kuni futbol bo`yicha O`zbekiston Oliy Ligasining 9-turi Toshkent derbisi "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi bilan boshlandi

Unda "Lokomotiv" klubi "Paxtakor"ni 1:0 hisobida mag`lub etdi. O`yinni Ravshan Ermatov boshqarib bordi.

“Uchrashuvdan so`ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "Paxtakor" murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy hakamlarni "Lokomotiv" klubiga yon bosganlikda aybladi”,—deb yozadi “Uz24.uz”.

"Biz bugun 15 kishiga qarshi o`ynadik. Bizning foydamizga berilishi kerak bo`lgan penalti belgilanmadi. Bu vaziyat hali nazoratchilar tomonidan ko`rib chiqiladi",—dedi “Paxtakor” murabbiyi. 

Biroq o`yindan keyin PFL rasmiy saytida uchrashuv nazoratchisi Artyom Arutyunov bosh hakam Ravshan Ermatov, yordamchi hakamlar va zaxira hakamiga ham birdek 9 balldan qo`ygani qayd etildi.

"Paxtakor"ni hali hisobdan chiqarishga erta. Matbuotda "Paxtakor" avvalgidek emas deb yozilmoqda. Ammo ishontirib aytamanki, "Paxtakor" o`sha-o`sha. O`yin barchaga yoqdi deb o`ylayman. Bu uchrashuvda keskin kurashlar, texnik harakatlar, hayajon, ehtiroslar bo`ldi. Bugungi o`yin ancha qiziqarli kechdi. Ushbu bellashuvdek bahslar chempionatimizda ko`paysa bu jamoalarimiz, oliy liga uchun ham katta foyda bo`lardi. "Lokomotiv"ni g`alaba bilan tabriklayman va ularga OChLda omad tilayman, dedi murabbiy.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!