Dunyodagi eng keksa ayollardan biri 116 yoshda vafot etdi

15:24, 13 may

AQShning Nyu-York shtatida sayyoramizning eng keksa ayollaridan biri Syuzanna Mushatt Djons 116 yoshda vafot etdi, deb xabar beradi “Lenta.ru” xabar bermoqda. 

Jons 11 maydan 12 mayga o`tar kechasi Bruklin shahrida joylashgan uyida vafot etgan. Keksa ayol hayotining so`nggi 10 kunini kasallik bilan kurashib o`tkazgan.

Jons 116 yoshli Jeralien Telli vafot etganidan so`ng 2015 yilning 17 iyunida sayyoraning eng keksa ayoli deb tan olingan edi. 

Nashrning ma`lum qilishicha, endilikda Italiyada yashovchi Emma Morano sayyoraning eng keksa vakili sifatida qayd etiladi. 

Syuzanna Mushatt Jons Alabama shtatida ko`p farzandli oilada dunyoga kelgan. Uning ota-onasi Syuzannadan tashqari yana 11 farzandni tarbiyalagan. Nyu-Yorkka ko`chib kelishidan oldin u o`z otasining paxta plantasiyasida ishlagan. Nyu-Yorkda esa u enaga bo`lib ishlagan, sekin-asta bu shaharga qolgan oila a`zolarini ham ko`chirib kelgan.

1928 yilda Syuzanna Genri Jons ismli fuqaroga turmushga chiqqan. Biroq ular ko`p o`tmay ajrashib ketgan. Syuzannaning farzandlari bo`lmagan. Unga jiyanlari qaragan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!