Majburiy sug`urta bozorida yangi kompaniya faoliyat boshladi

15:28, 13 may

“GROSS INSURANCE” mas`uliyati cheklangan jamiyati respublikamizdagi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urtasini (TVEFJMSQ) amalga oshirish huquqiga ega bo`lgan eng yirik sug`urtalovchilar o`ntaligiga kirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar beradi.

Shuningdek kompaniya ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish (IBFJMSQ), tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish (TFJMSQ) ijtimoiy-muhim sug`urta turlarini hamda ixtiyoriy va majburiy sug`urtaning boshqa turlarini amalga oshirish huquqiga ega bo`ldi. 

Kompaniyaning moliyaviy barqarorligi va to`lov qobiliyati hamda sug`urta amaliyotlarining chuqur tahlili asosida sug`urta faoliyatini amalga oshirish lisenziyasi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qayta rasmiylashtirilib, kompaniyaga majburiy sug`urta turlarining barchasini amalga oshirish uchun huquq berildi. 

Bundan tashqari “GROSS INSURANCE” sug`urta bozoridagi ustav kapitalida davlat ulushi bo`lgan uchta sug`urta kompaniyalari-“O`zbekinvest” EIMSK, “O`zagrosug`urta” AJ va “Kafolat sug`urta kompaniyasi” AJ bilan bir qatorda qayta sug`urtalash faoliyatini to`liq hajmida amalga oshirish huquqiga ega bo`lgan yagona nodavlat sug`urtalovchisi hisoblanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!