Toshkentda ilk bor piyodalar yo`lakchasiga maxsus ko`zgu o`rnatildi

15:48, 13 may

Toshkent shahridagi Kichik Xalqa yo`li ko`chasidagi piyodalar yo`lakchasidan biriga (Botkin qabristoni yaqinida) ilk marotaba haydovchiga piyodaning o`tayotganini to`liq kuzatish imkonini beruvchi aylana ko`zgular o`rnatildi, deb xabar berdi “Nuz.uz” nashri.    

Ma`lumki, markaziy ko`chalardagi yo`lni ajratuvchi chiziqlar oralig`iga temir to`siqlar o`rnatilgandan so`ng, haydovchilar tomonidan yo`lovchilarni ko`rmay qolish holatlari va buning oqibatida YTH sodir bo`lishi ko`paydi. Mazkur ko`zgularni o`rnatishdan maqsad yo`l-transport hodisasining oldini olishdan iborat.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!