Xitoyda osmono`par binodan tushgan oyna Tesla haydovchisiga jarohat etkazdi

15:54, 13 may

Xitoyda Shanxay minorasidan tushib ketgan oyna Tesla avtomobili haydovchisini jarohatladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”. 

200 kilogramm og`irlikdagi oyna Shanxaydagi osmono`par binoning 76-qavatidan tushib ketgan.

Mazkur hodisa 9 may kuni yuz bergan. Tesla haydovchisi 200 kilogrammli oyna avtomobilning yoniga tushib ketayotgan paytda mashinadan tushayotgan edi. Chil-chil bo`lgan oyna siniqlaridan biri haydovchining oyog`iga lat etkazdi. Shanxay shahrida yashovchi haydovchining ismi hozircha oshkor etilmayapti. Uni hodisa ro`y berganidayoq shifoxonaga olib ketishdi. 

130 qavatli binoning 76- qavatidagi oyna nima sababdan tushib ketganligi hozirda aniqlanmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!