Toshkentda yuz bergan dahshatli YTHda haydovchilardan biri halok bo`ldi(Foto)

16:44, 13 may

Bugun,13 may kuni Toshkent shahrining Qumariq ko`chasida uchta avtotransport vositasi ishtirokida mudhish yo`l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook`dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi ishtirokchilari fotoxabar qoldirdi. 

YTH Kamaz, Damas va Matiz avtomobillari ishtirokida yuz bergan. Guruhga surat joylagan internet foydalanuvchisi haydovchilardan birining voqea joyidayoq halok bo`lganini ma`lum qilgan. 

“Avtohalokat qurbonlari soni aniq necha kishi ekanligini bilmayman. Ulardan biri voqea joyidayoq halok bo`ldi. Qolganlari esa og`ir ahvolda shifoxonaga olib ketildi. Halok bo`lgan haydovchining yonidagi qarindoshi sarosimada edi”,—deb yozadi guvohlardan biri.

Aksariyat internet foydalanuvchilari Qumariq ko`chasida joylashgan mazkur yo`l o`ta tor va chuqurlardan iboratligi bois tez-tez yo`l-transport hodisasi yuz berishini ta`kidlab o`tgan.

  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!