Rayhonni g`oya o`g`irlaganlikda ayblaganlarga javob qaytarildi (Video)

23:11, 13 may

Kuni kecha O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva muxlislariga yangi “Tabib” taronasiga suratga olingan videoni taqdim etgandi. 

Mazkur videoni tomosha qilgan tomoshabinlar tomonidan xonandaga turli tanqidiy fikrlar kelib tushdi. Xususan Rayhonni klip g`oyasini o`g`ilaganlikda ayblashdi.

Ushbu fikrlarni bildirganlarga qarata Rayhonning ashaddiy muxlisasi tomonidan quyidagicha javob qaytarildi va bu javob xonanda tomonidan uning shaxsiy sahifasida repost qilindi:

“Tarix fanini maktabda o`tmagan hurmatli odamlar! Maxsus sizlar uchun.

3400 yil oldin yashagan Misr malikasi – Nefertiti va Misrning boshqa malikalari mana shu uslubda kiyinib yurishgan! Bu millat bo`lgan va hozirgacha bor!

Misr malikalari haqida ko`plab afsonalar bor. Filmlar tomosha qiling va rivojlaning... “G`oyasi o`g`irlangan” deb gapirishni bas qiling! Bunday hikoya hali bo`lmagan! Liboslari o`xshasa, bu Rayhon o`g`irladi degani emas!

Boshqa millat yulduzlari ham tarixdan olgan!”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!