Davlat raqobat qo`mitasi mavsumda shakar tanqis bo`lmasligini ma`lum qildi

11:53, 14 may

O`zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo`mitasi va uning hududiy organlari tomonidan, mavsum oldi shakar mahsulotiga bo`lgan talabning oshishini hisobga olgan holda, iste`molchilarni etarli darajada mahsulot bilan ta`minlash, mahsulotning sun`iy tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan holatlarni bartaraf etish maqsadida, amaliy ishlar bajarilmoqda.

Jumladan, shakar ishlab chiqaruvchi “Xorazm shakar” AJ QK hamda “Angren shakar” MChJ XK lariga mavsum oldi shakar mahsuloti hajmlarini oshirish yuzasidan tegishli ko`rsatmalar berildi. Amalga oshirilgan ishlar davomida, joriy yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan shakar mahsuloti hajmlari, o`tgan yilning shu oylariga nisbatan o`sish sur`ati 118,6% ni tashkil etdi. Bu haqda Davlat raqobat qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Shu bilan birga, 2016 yilning may-avgust oylarida har oy uchun o`rtacha birja savdolariga qo`yiladigan mahsulot hajmlari o`tgan aprel oyiga nisbatan 1,6 marta ko`proq mahsulot qo`yilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda respublikaning barcha hududlarida, shu jumladan Toshkent shahrida 1 kg shakarning ulgurji narhi 3200 so`mni tashkil qilgan. Shuningdek, yirik supermarketlarda iste`molchilarga qulay bo`lishi uchun 1 kg, 2 kg va 5 kg qadoqlangan holda shakar savdosi tashkil qilingan bo`lib, ularning chakana narxi 1 kg uchun 3700 so`mdan oshmasligi ta`minlangan.

Qo`mita va uning hududiy organlari tomonidan doimiy ravishda joylardagi savdo korxonalari tomonidan shakar mahsulotini belgilangan narxlardan yuqori bo`lmagan narxlarda sotilishi nazorat qilib kelinmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!