O`zbek estradasida klip uchun mablag` ayamaydigan xonandalar va tan olingan eng qimmat klip

14:07, 14 may

Musiqiy kliplarni yaratish tarixi  o`tgan asrning 80-yillariga  borib taqaladi. Ammo ular 1981 yil, xorijiy telekanllardan biri MTV tashkil etilgandan so`ng ommalashib bordi. Kanal ham estradadagi bu yangilik sabab shuhrat qozondi. Odamlar shunchaki qo`shiq tinglashni yaxshi ko`rsa-da, taronaga ishlangan voqeani tomosha qilib turib, qo`shiq so`zlariga mosmi yoki klip umuman boshqa yo`nalishda  suratga olinganmi deya baholashni ma`qul ko`radi. Shuningdek kliplar xonanda va aktyorlar uchun ham reklamaning oson bir yo`li bo`lib qoldi. 

O`zbek estradasida ham bir qator mashhur xonandalar eng mashhur kliplariga katta kichik mablag` sarflab muxlislar e`tiborini qozonib kelmoqda, deb yozadi “Darakchi” jurnalisti Aliya Sulaymonova.

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Xoliqov, Mavluda Asalxo`jaeva, xonandalar Shahzoda, Munisa Rizaeva kabilar kliplari uchun mablag` ayamaydigan ijodkorlardan. 

O`zbek estrada tarixida esa eng qimmat klip deya O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Sarson” qo`shig`iga ishlangan video eng qimmat kliplardan biri deya tan olinib kelinyapti. 2012 yil suratga olingan klip uchun “9999” studiyasi, o`sha yili bitta “Lasetti” avtomobili narxidagi harajat sarf etgan edi.

Quyida esa dunyoga mashhur eng qimmat kliplar beshligi haqida so`z yuritamiz.

1.  MAYKL JEKSON VA JANET JEKSON – “SCREAM” 7 MLN. DOLLAR.

Maykl va i Janet Jeksonning “Scream”  qo`shig`i 1995 yil kuylangan bo`lib, uning klipiga 7 mln dollar miqtorda pul sarflangan. “Gremmi” taqdimot marosimida ishtirok etgan klip bugungacha dunyodagi eng qimmat klipi deya e`tirof etiladi. Klip Mark Romanek tomonidan suratga olingan Klip nafaqat katta byujetli, balki eng esda qolarli klip deb ham ta`riflanadi. Maykl Jeksonning sho`x shaddod obrazi va mahoratli xoreografiyasi ko`pgina olqishlarni olgan.

2.  MADONNA - DIE ANOTHER DAY: 6 MLN. DOLLAR.

2002 yil kuylangan Madonnaning “Die Another Day” qo`shig`i, aynan shu qo`shiq nomi bilan suratga olingan Jeymse Bond haqidagi filmga sauntrek edi.  Ushbu klip “Traktor’a” studiyasi boshchiligida suratga olingan. Voqealarda Madonna yaxshilik va yovuzlikning o`zaro kurashini aks ettirgan. Ammo biroz tanqid ostiga olingan klip voqealarining umumiy byujeti 6 mln. dollarni tashkil etadi. 

3.  MAYKL JEKSON – “BLACK OR WHITE” 4 MLN. DOLLAR

Maykl Jeksonning “Black or White” qo`shig`iga ishlangan klip 1991 yil ilk efirga uzatilgan bo`lib o`sha davrda u musiqiy kanallarning barchasida uzoq vaqt davomida birinchi o`rinlarni egallagan. Mazkur video klip Jon Lendis tomonidan suratga olingan. 
4 mln. dollarga suratga olingan klip senzuraga tugri kelmagani uchun ko`p bora tanqid qilingan. 

4. MERAY KERI VA JEY-ZI – “HEARTBREAKER” 2,5 MLN. DOLLAR.

Mashhur rep xonandasi Jey-Zi ishtirokidagi ushbu qo`shiq 1999 yil taqdim etilgan. Meray Kerining ushbu «Heartbreaker»  dueti uning avvalgi qo`shiqlaridan ko`ra ko`p ommalashgan bo`lsa-da ko`prok tanqidga uchragan. Xonanda mazkur klipi uchun 2,5 mln. dollar sarflagan

5. JANET JEKSON – “DOESN’T REALLY MATTER” 2,5 MLN DOLLAR.

Janet Jeksonning “Doesn’t Really Matter” qo`shig`i  2000 yil “Telba professor” filmiga sauntrek sifatida ijro etilgan edi. Jozef Kann boshchilik qilgan klip $2,5 mln. dollarga suratga tushirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 18:13, 16 may
узбек эстрадаси,кани бу ерда узбек эстрадаси хакида маълумот?