Shahzoda: “Hozirgi kunda sevgi faqat qo`shiq va so`zlardagina mavjud”

16:56, 14 may

Shahzoda sevgi-muhabbat haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

U o`zining Instagram`dagi sahifasida quyidagi so`zlarni yozib qoldirdi:

“Sevgi haqida hamma gapiradi. Ammo,bizning davrimizda sevgi so`zlar va qo`shiqlardagina bor, xolos. Real hayotda esa u juda kam uchraydi! Sevgi-muhabbatning asl mohiyatini anglab etish uchun inson o`z tuyg`ularini mukammallashtirish yo`lini bosib o`tishi lozim”.

Xonandani sevgi haqida bunday fikrlashga nima majbur qilgani bizga qorong`u. Har bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi o`z sahifasiga ichki ruhiy holatidan kelib chiqib, post yozishini inobatga oladigan bo`lsak, xonanda nimadandir qattiq ta`sirlanganini taxmin qilish mumkin. Yana kim biladi,deysiz?!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!