Evrovideniyada qarashlar qarama–qarshi keldi...

11:56, 15 may

Kuni kecha Stokgolm shahrida 61–marotaba o`tkazilgan «Evrovidenie 2016»ning final bosqichi bo`lib o`tdi. Finalda 26 mamlakat vakillari ishtirok etishdi.

Tanlovning ovoz berish jarayonida qarama–qarshiliklar yuzaga keldi. Har bir davlatdan malakali hay`at a`zolari 1– o`ringa avstraliyalik xonandani, 2–o`ringa Ukraina vakilasini, 3–o`ringa fransiya vakilini loyiq topishdi. Rossiyalik Sergey Lazarevga 5–o`rinni berishdi.

Evropaning muxlislar tanlovi esa aksincha bo`ldi. 1–o`rin Rossiya, 2–Ukraina, 3–o`rin Avstraliyaga nasib etdi. 

Tanlovning kulminasion nuqtasi esa muxlislarning SMS ovozlari va qo`ng`iroqlari orqali bergan ovozlarni, hay`at a`zolarining qo`ygan ballariga qo`shish jarayonida buldi.

Umimiy hisobga ko`ra Rossiya vakili 3–o`ringa, avstraliyalik xonanda 2–o`ringa, ukrainalik ijrochi esa 1–o`ringa loyiq topilib, «Evrovidenie 2016» g`olibligini qo`lga kiritishdi.

To`g`ridan–to`g`ri efirni kuzatib bo`lib o`tgan nayranlarga guvoh bo`ldik, go`yo Rossiya vakiliga atayin kam ball qo`yishgandek. Ammo, evropalik muxlislar Sergeyni g`olib dep topishdi.

Yodgorbek Yuksal

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!