Shohruhxonning to`yi sanasi ma`lum bo`ldi (Eksklyuziv)

10:33, 16 may

Xonanda Shohruhxon OAVga bergan intervyularida joriy yilda bo`ydoqlik bilan xayrlashishini tez-tez takrorlab kelayotgan edi. Vanihoyat uning to`yi sanasi ma`lum bo`ldi. 

Shohruhxonning to`yi 5-iyun sanasida Toshkent shahridagi restoranlardan birida bo`lib o`tadi. Mazkur xabarni bizga to`yga taklif etilgan taniqli guruh vakillaridan biri etkazdi. 

Hozircha kelinning kimligi sir tutilmoqda. 

Eslatib o`tamiz, avvalroq Shohruhxon va Asal Shodieva Instagram`ga joylagan suratlaridan ularning “Love story” uchun fotosessiya o`tkazgani taxmin qilingani haqida xabar bergan edik.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!