Kanadalik ayol avtomobildagi navigatorga ishonib ko`lga tushib ketdi

11:21, 16 may

Kanadaning Ontario viloyatida yashovchi ayol avtomobiliga o`rnatilgan GPS-navigatori ko`rsatmalariga amal qilib, avtomashinasi bilan ko`lga tushib ketdi, deb xabar qildi “Lenta.ru” nashri.

Ismi-sharifi ma`lum qilinmagan ayol yo`l yaxshi ko`rinmaganligi natijasida kerakli muyulishdan o`tib ketib, notanish joyga kelib qolgan. Avtomobilga o`rnatilgan navigator ko`rsatmalariga amal qilgan holda Jorjian Bey ko`rfazidagi Guron ko`liga tushib ketgan. Haydovchi ayol avtomashina suvga cho`kib ketgunga qadar, Toyota Yaris avtomobilining oynasidan eshikni ochishga ulgurgan, avtomashina esa ko`l tubiga cho`kib ketgan.  

Mahalliy polisiyaning bergan ma`lumotiga ko`ra, voqea ro`y bergan vaqtda suvning harorati Selsiy bo`yicha 5 daraja bo`lgan. 23 yoshli haydovchi ayol qirg`oqqa etguncha 30 metr masofani suzib o`tgan, keyin ho`l kiyimda qutqaruv xizmatiga xabar berish uchun yaqin o`rtada joylashgan mehmonxonagacha piyoda borgan. Hozirda uning sog`ligi xavf ostida emas.

2016 yilning mart oyida ikki isroillik askar avtomobilga o`rnatilgan Waze navigasiya ilovasi ko`rsatmalariga amal qilgan va natijada adashib, falastinlik qochoqlar lageriga borib qolgan. Ularning avtomobiliga qarata o`t ochilgan, oqibatda ulardan biri halok bo`lgan. Ularni qutqarish jarayonida lagerda ommaviy tartibsizlik ro`y bergan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!