Luis Suares La Ligada 40 ta gol kiritib, top-5 chempionatlarining eng yaxshi to`purari bo`ldi

11:30, 16 may

Ispaniya chempioniga aylangan “Barselona” jamoasining hujumchisi Luis Suares joriy mavsumda La Liganing 35 o`yinida jami 40 ta gol kiritishga muvaffaq bo`ldi.
 
Ushbu natija bilan urugvaylik futbolchi top-5 chempionatlari orasida eng yaxshi ko`rsatkichni qayd etdi. 

Italiya chempionatida Gonsalo Iguain 36 ta, Primerada Ronaldu 35 ta gol kiritib, tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi o`rinlarni egalladi. 

Urugvaylik futbolchi joriy mavsumning oltin butsasiga egalik qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!