10 dan ortiq mashhurlar ishtirokidagi omadli klip(Video)

11:41, 16 may

Rejissyor va aktyor Javlon Shodmonovning “Maroqand” guruhi o`zining ilk ijod namunasini taqdim etdi. Qo`shiq “Tarnov” deb nomlanadi. Tarona so`zi va musiqasi muallifi Eldor Qayumov, unga musiqiy bezakni Botir Aliev bergan.

Trek va syujet janrida suratga olingan klip rejissyori Jonrid Sagdiev. Klipda estrada va kino olamining 10 dan ortiq taniqli vakillari,jumladan Jahongir Poziljonov, Javlon Shodmonov, Ziyoda, Asal Shodieva, Akbarxo`ja Rasulov, Doniyor Hofizov, qiziqchi va aktrisa Xalimaxonim, Dilshod Mirzamurodov, Ahmad Temurov, “Comedy Uz” rezidentlaridan Xasan va Xusan triosi suratga tushdi. 

Yosh xonandalarning qo`shig`i va unga ishlangan klip o`ziga xosligi bilan esda qoladi. Klip g`oyasi, undagi kadrlar ketma-ketligi, xonandalarning o`zini tutish mahorati—hamma-hammasi tahsinga sazovor! Quyida klipni tomosha qilib, bunga o`zingiz amin bo`lishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!