Xitoylik talaba Kanadaning eng qimmat uyini sotib oldi

12:26, 16 may

Xitoylik Tyan Yuychjou ismli talaba 31,1 million dollarga, maydoni 1,5 ming kvadrat metrni tashkil etuvchi, Vankuverdagi ko`chmas mulk savdosidagi eng qimmat ob`ektlardan biri deb hisoblanib, 16-o`rinda turuvchi Point Grey binosini sotib olgani barchani hayratga soldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Xaridor nafaqat boshqalarni ko`chmas mulk uchun sarflagan puli, balki hali talaba ekanligi bilan ham hayratga solgan. Xitoylik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining fikricha, ba`zilar buni behudaga pul sovurish deb baholagan, ayrimlar esa omadli xarid deb hisoblashgan. “Biznesda omadi kelgan oilalar uchun bunday uyni sotib olish muammo emas, agar oddiy-hisob kitoblarga murojaat qiladigan bo`lsak, Shanxay va Pekindagi uylardan ko`ra, arzonroq, uyning kvadrat metri 3523 dollardan tushgan”, deb izoh berdi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!