Londonda avtobus savdo do`koni bilan to`qnashib ketdi

12:50, 16 may

Angliya poytaxtida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi. Avtobus do`kon peshtaxtasiga kelib urilib, 13 kishi tan jarohati oldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Yo`nalishga chiqqan, ikki qavatli avtobus Xarlsden Xaystrit ko`chasida joylashgan savdo do`koniga kelib urilgan. Poytaxt “Tez yordam” xizmatining bergan ma`lumotiga ko`ra, ikki kishi jiddiy tan jarohati olgan. Boshqalar engil tan jarohati olishgan, ularning hayoti xavf ostida emas. Polisiya tergov ishlarini olib bormoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!