Istanbuldagi portlash oqibatida 4 kishi jarohatlandi

15:08, 16 may

15 maydan 16 mayga o`tar kechasi Istanbul shahrida qo`lbola portlovchi qurilma portlashi oqibatida to`rt kishi tan jarohati oldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Istanbulning Osiyo qismidagi Maltepa tumanida joylashgan ko`prik tagida 16 mayga o`tar kechasi qo`lbola bomba portlatilgan. Portlash oqibatida ko`prik tagidan o`tib ketayotgan avtomobildagi ikki kishi va taksi kutib o`tirgan ikki yo`lovchi metall oskolkalardan tan jarohati olgan.

Polisiya bo`lib o`tgan hodisa yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborgan, hozircha aybdorlar aniqlanmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!