Jeymi Vardi APLning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

15:14, 16 may

Angliyaning "Lester" jamoasi hujumchisi Jeymi Vardi Angliya Premer-ligasi tomonidan 2015/16 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Bundan bir necha kun avval Angliya futbol jurnalistlari assosiasiyasi ham Jeymi Vardini mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topgandi. Shuningdek, Professional futbolchilar assosiasiyasi tomonidan "Lester" yarim himoyachisi Riyod Mahrez mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingandi.

29 yoshli Vardi joriy mavsum Angliya chempionatida 35 uchrashuvda 24 ta gol kiritgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!