O`zbekistonda kuchli yog`ingarchiliklar qachongacha davom etishi ma`lum bo`ldi

16:12, 16 may

Gidrometeorologiya markazi mutaxassislari so`nggi kunlarda yurtimiz bo`ylab hukm surayotgan momaqaldiroq va yog`ingarchilikli havo qachongacha davom etishini ma`lum qildi.

Toshkentda va respublikaning ba`zi hududlarida yog`ayotgan kuchli yomg`irlar 18 mayga qadar davom etadi.

Nukus, Urganch, Navoiy, Buxoro, Qarshi va Samarqand shaharlarida 18 may kuni havo o`zgarib turadi.

Harorat Toshkentda kechasi 15-17, kunduzi 25-27 daraja iliqni tashkil etadi. Shuningdek, esayotgan shamol  tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan hafta davomida yog`ingarchiliklar miqdori 19 mmni tashkil etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!