O`zMU qayta tashkil etiladi

16:24, 16 may

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 11 may kuni «O`zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to`g`risida»gi Qarorni imzoladi. 

Milliy universitetni qayta tashkil etishdan ko`zlangan maqsad — «oliy ta`limni rivojlantirishning jahon tajribasini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatini tubdan o`zgartirish», OTMning «ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash» va «o`quv jarayonining ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan aloqalarini kuchaytirish»dan iborat.

Hujjatda O`zMUning yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan, deb yozadi Gazeta.uz. 

Unga ko`ra, OTMda geologiya va geografiya (1), fizika (2), biologiya (3), kimyo (4), matematika (5), xorijiy filologiya (6), tarix (7), iqtisodiyot (8), ijtimoiy fanlar (9) va jurnalistika (10) fakultetlari faoliyat ko`rsatadi. O`zbek filologiyasi fakulteti va boshqa tuzilmalar bazasida Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etildi.

Qarorga ko`ra, O`zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining Ulug`bek shaharchasidagi binolariga O`zMU Fizika fakultetining tegishli kafedralari, laboratoriyalari, magistratura va doktorantura bo`limlari joylashtiriladi. Bo`shatilgan binolar, laboratoriya va Yadro institutining boshqa mol-mulklari zaruriy rekonstruksiyalarni amalga oshirish bilan kechuvchi ilmiy-ta`limiy jarayonlarni tashkil etish uchun Milliy universitet hisobiga o`tkaziladi.

Bundan tashqari, Yadro fizikasi institutining ilmiy-texnik loyihalari, konstruktor-texnologik ishlanmalari va ilmiy jihozlari ularning talabchanligi va maqbulligini saqlab qolish va O`zMU Fizika fakultetining qayta tashkil etiladigan laboratoriyasiga etkazilishi nuqtai nazaridan to`liq inventarizasiyadan o`tkazish vazifasi topshirildi.

2016-2017 yillarda Yadro fizikasi institutining 1956-1972 yillarda bunyod etilgan ob`ektlarini kapital rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Xalqaro ilmiy konferensiya va seminarlar o`tkazish uchun zamonaviy infratuzilmalarni tashkil etish, shu jumladan, 200 o`ringa ega konferens-zal va sobiq madaniyat uyi o`rnida 600 o`ringa ega zalli bino hamda taklif etilgan ilmiy xodimlar uchun 30 o`rinli mehmonxona tipidagi yotoqxonani bunyod etish belgilangan.

1 iyuldan O`zMU qoshidagi Amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti bekor qilinib, uning barcha ilmiy loyihalari, uskuna va boshqa mol-mulklari, zarurat tug`ilgan taqdirda, Fizika fakultetiga taqdim etiladi.

Yadro fizikasi institutiga tegishli bo`lgan yadro reaktori hamda yadroviy va radiasion xavfsizlik bilan bog`liq boshqa ob`ektlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshida yangi tashkil etiladigan Radiasion xavfsizlik markazi hisobiga o`tkaziladi. Markazning vazifalari qatoriga MAGATE hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Yadro fizikasi instituti yadro reaktorini ekspluatasiyadan chiqarish, mamlakat hududida radioaktiv materiallar omborxonalarini saqlash, foydalanish va yo`q qilish bo`yicha ishlarni olib borish, shuningdek, tozalash xizmatlari faoliyatini tashkil etish kabilar ham kiritildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!