40 yoshli fransuz aktrisasi Kann kinofestivaliga kelganlarni hayratga soldi(Foto)

16:30, 16 may

“Taksi” filmi orqali o`zbek kinoixlosmandlariga yaxshi tanish fransuz aktrisasi Marion Kotiyyar Kann kinofestivalida tillarang libosda namoyon bo`lib, yig`ilganlarda katta taassurot uyg`otdi, deb xabar beradi “Segodnya” nashri. 

Aktrisa qizil yo`lakchadan o`tish uchun Dior brendining ko`ylagini tanladi. Marion bir necha bor mazkur brendning yuziga aylangan. 

40 yoshli aktrisa o`z yoshiga nisbatan ancha ko`rkam ko`rinish kasb etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!