Telegram’da yangi imkoniyat paydo bo`ldi

16:32, 16 may

Telegram’ning iOS va  Android ilovalarida va messenjerlarning desktop-versiyalarida yangi qo`shimcha funksiya paydo bo`ldi

Endi xabar yuborilgandan so`ng uni o`zgartirish mumkin. Yuborilgan xabarni o`zgartirish uchun uni alohida ajratib olib, “tahrir qilish” (“edit”) tugmachasi bosiladi. 

Xabar tahrir qilib bo`lingach, uning yonida “tahrir qilib bo`lindi” (“edited”) degan yozuv paydo bo`ladi. 

Xabarlarni ikki kun vaqtgacha o`zgartirish imkoni mavjud.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!