Ronaldino faoliyatini Turkiyada davom ettirmoqchi

16:35, 16 may

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldino o`z faoliyatini Turkiyada davom ettirishga juda yaqin turibdi.

Sky Sport Italia nashrining ma`lum qilishicha, braziliyalik 36 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan faoliyatini Samuel Eto’O to`p surayotgan “Antanlyaspor”da davom ettiradi. Ronaldino yaqin haftalarda klub bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Ronaldinoning faoliyati olib borgan so`nggi klubi Braziliyaning “Fluminense” jamoasi edi. U sentyabr oyida u erdan ketgan.

Avvalroq Ronaldino o`z faoliyatini Xitoy Superligasi yoki MLSda davom ettirish mumkinligi xabar qilingandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!