Amerikalik boylardan biri Donald Trampni millionlar bilan qo`llab-quvvatlashga tayyor

16:37, 16 may

AQShning eng boy odamlaridan biri Sheldon Adelson Donald Trampning prezidentlik kampaniyasiga 100 million dollar ajratmoqchi.

Bungacha Tramp saylovoldi kampaniyasini o`zining mablag`lari hisobidan moliyalashtirayotgandi. Yaqinda Trampga kampaniya uchun yana milliard dollar kerak bo`lishi ma`lum bo`ldi.

82 yoshli Adelson 2012 yilning o`zida Respublikachilar partiyasi ehtiyojlariga 98 million dollar ajratgan edi. Hozir The New York Times nashrining yozishicha, u fraksiyani qo`llab-quvvatlashni qisqartirib, mablag`larni Trampning kampaniyasiga yo`naltirishga qaror qilgan.

Tramp respublikachilardan AQSh prezidentligi lavozimiga yagona nomzod bo`lib qolmoqda, uning raqiblari Ted Kruz va Ogayo Djon Keysik poygadan voz kechishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!