O`tgan aprel oyi dunyo tarixidagi eng issiq oy bo`ldi

17:32, 16 may

Olimlarning fikricha, keyingi oylar apreldan ham issiq bo`ladi. O`tgan aprel oyi meterologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo`ldi, deb xabar berdi “Uz24.uz” nashri.

Havo harorati ko`rsatkichlari 2016 yilda 1950-1980 yillardagiga qaraganda suv va havo harorati 1 foizga ko`tarilganini ko`rsatgan. Bunday keskin isish oqibatida kelgusi oylarda vaziyat og`irlashishi mumkin.

Meteorolog Erik Xoltxuasning fikricha, havoning isishi oqibatida dengiz muzlari eriydi va marjon qoyalarining oksidlanishi natijasida suv harorati ko`tariladi. 

Naked Science jurnali ma`lumotiga ko`ra, Germaniya va Kipr olimlari havo haroratining oshishi natijasida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi bir necha hududlarni insonlar tark etadi degan xulosaga kelishgan. Chunki bu erlarda havo harorati ekstremal 200 darajagacha ko`tarilib, insonning hayot kechirishiga imkon qoldirmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!