Sardor Rahimxon davlat tadbirlarida ko`zoynak taqib kuylayotganini izohladi

10:02, 17 may

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon so`nggi paytlarda turli viloyatlardagi tadbirlarda ko`zoynak taqqan holda namoyon bo`lmoqda. Xonandaning muxlislari esa buni turlicha talqin qilmoqda va “Nega ko`zoynakdasiz?” qabilidagi savollar bilan murojaat qilishmoqda.

Sardor Rahimxon mana shu kabi savollarga o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali javob berdi: 

“Hayotimda birinchi marta ko`zim shamollagani uchun sahnada ko`zoynak bilan ishlayapman. Ochiq gap, o`zimga juda g`alati tuyuldi. Samarqandda ham shu savol ko`p ‘Nega ochkidasiz?’. Azizlar, ko`zim betob,atayin shu rasmni qo`ydim, noto`g`ri tushunmanglar”.

Xonandaning muxlislari unga tezroq sog`ayib ketishini tilab qolishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!