Rossiyalik “Rapunsel” internetda mashhur bo`lib ketdi(Foto)

10:25, 17 may

Rossiyaning Barnaul shahrida yashovchi Darya Gubanova sochlarini 13 yildan beri kestirmaydi, deb yozadi “Vesti” nashri.

Daryaning uzun sochlari internetda tobora mashhur bo`lib bormoqda va uni Instagram orqali turli mamlakatlardan 105 mingdan ortiq kishi kuzatib boradi. 

Daryaning aytishicha, u sochlarini 2003-yildan beri o`stiradi. Multqahramon Rapunselning hayotdagi jonli ifodasi bo`lgan Darya sochlarini tovoniga etkazishni orzu qilishini aytib o`tgan. 

U sochlari oyoqlariga etganidan so`nggina, ya`ni 2017 yillarga borib, ularni kaltalatishini ma`lum qildi. U haqda ko`plab xorijiy OAVlar ham maqolalar yozgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!