Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton o`zini boksda sinab ko`rdi

10:40, 17 may

Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton inson ruhiyati masalalari bo`yicha o`tkazilgan xayriya kampaniyasida boks qo`lqoplarini kiyib ko`rdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.   

Keyt turmush o`rtog`i gersog Uilyam va shahzoda Garri bilan birgalikda London Olimpiya xiyobonida uch bora jahon chempioni, bokschi Dyuk Makkinzi bilan uchrashgan. 

Nashrning yozishicha, Keyt va Uilyam improvizasiya qilingan sparringda ishtirok etishgan. Keyt mamnuniyat bilan bokch qo`lqoplarini kiyib ko`rishga shoshilgan.

Bokschi Makkinzining ma`lumot berishicha, gersoginyaning “zarbasi yomon emas”.

Heads Together nomi bilan o`tkazilgan aksiya insonlarning ruhiyatida muammolar borligini yashirmasligiga, buni tan olishning hech yomon tomoni yo`qligini tushuntirishga, ularga yordam berishga qaratilgan. Bu qirollik oila a`zolarining eng katta xayriya loyihasi bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!