Samarqand viloyatining Bulung`ur tumaniga yangi hokim tayinlandi

12:22, 17 may

Samarqand viloyati Bulung`ur tumaniga yangi hokim tayinlandi, deb xabar beradi “Zarafshon” gazetasi.

Samarqand viloyati hokimi Zoir Mirzaevning qarori bilan Xayriddin Xo`jayorov Bulung`ur tumani hokimi lavozimini egalladi.

Ma`lumot uchun, tumunga shu vaqtga qadar Xusan Abjalov hokimlik qilib kelayotgan edi. U Samarqand viloyati hokimi qarori bilan 13 mayda o`z lavozimidan ozod etilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!