Dunyodagi ilk robot-advokat ish topdi

12:42, 17 may

IBM kompaniyasi tomonidan Watson sun`iy ongi asosida yaratilgan Ross (Ross) nomli robot kasod (bankrot) ishlari bilan shug`ullanuvchi bo`limga ishga olindi. Bu bo`limda 50 nafar xodim va bitta robot ishlaydigan bo`ldi.  

Ross barcha berilgan savollarga javob berib, o`z farazlarini kasbga oid adabiyotlardan keltirilgan parchalar bilan asoslab beradi. Yangi xodim odamlarga ishga tegishli  axborotlardagi so`zlarning ma`nosini tushunishida yordam beradi.

Robot samarali natijalarga erishayotganligi bois, unga ko`pchilik murojaat qilmoqda.

Kiberadvokat sud ishlari bazasidan foydalanish huquqiga ega va ish jarayoniga tegishli bo`lgan presedentlar to`g`risida xabardor qilib turadi.

Ross qanday qilib ishga olingani va unga qancha maosh to`lanishi hozircha noma`lum.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!