AQShlik teleboshlovchi tomoshabinlar talabi bilan jonli efirda kiyim almashtirdi(Video)

15:13, 17 may

AQShning KTLA telekanalida jonli efir paytida noodatiy hol kuzatildi, deb yozadi “Lenta.ru”. 

Ob-havo ma`lumotini o`qiyotgan boshlovchi qizdan efir vaqtida ko`ylagi ustidan kardigan kiyib olishni so`rashdi. Bu holat tomoshabinlar tomonidan katta jasorat sifatida qarshi olindi.  

Studiyadan tayyorlangan videorolikda kadr ortidagi xodimlar teleboshlovchi Liberta Channi bir muddat chalg`itganini ko`rish mumkin. Boshlovchiga kulrang rangli kardiganni egniga ilib olishni taklif qilishgan. Buni sababini so`ragan boshlovchi qizga kadr ortidagi “ovoz”  kanalning elektron pochtasiga Channing tashqi ko`rishiga nisbatan tanqidiy fikrlar kelayotganini aytdi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, teletomoshabinlarga ko`rsatuv boshlovchisining ko`ylagi juda ochiq tuyulgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!