Toshkent hayvonot bog`idagi bir nechta jonivorlar bolaladi (Foto)

16:39, 17 may

Toshkent hayvonot bog`ida yashovchi aksariyat jonivorlar ko`payishdi. Bu haqda hayvonot bog`i rasmiy sayti xabar bermoqda

Tuyoqli jonivorlardan tuyalar, lamalar, mo`ynali qo`ylar, dog`li kiyiklar, jayronlar va Nubiya echkilarining bolalari dunyoga keldi.

Shuningdek, ibislar, baqlanlar, chag`alaklar va boshqa qushlar ham bolali bo`ldi.

Hayvonot bog`ida Yava makakasi, lapunder va sarg`ish langur bolalarini ham kuzatish mumkin. Kanada bo`risi va chiyabo`ri bir necha hafta ilgari bolalagan, lekin ularning bolalarini ikki oylardan keyin ko`rish mumkin bo`ladi.

       

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!