O`zbekistonda "Kitob bayrami" nishonlanadi

17:01, 17 may

“Kitob bayrami”ga bag`ishlangan tadbirlar 26-28 may kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahridagi G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida o`tkaziladi, deb xabar beradi O`zbekiston matbuot va axborot agentligi rasmiy sayti.

30 may kuni «Kitob bayrami» doirasida «Kitob - millatning bebaho madaniy va ma`naviy merosi» mavzuidagi IV ilmiy-amaliy konferensiya ham tashkil etiladi.

Tadbirlarda adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy hamda ensiklopedik yo`nalishdagi kitoblarning taqdimotlari, «Sog`lom ona va bola yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalar targ`ibotiga bag`ishlangan nashrlar namoyishi hamda taniqli adib va shoirlar bilan uchrashuvlar, sovrinli viktorinalar, san`at ustalarining konsertlari bo`lib o`tadi.

Bayram tadbirlariga kirish erkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!