Shohruhxon onasi topgan qizga uylanishini oshkor qildi

10:24, 18 may

Keyingi paytda barcha muhlislarni qiziqtirayotgan savolga Shohruhxondan javob olishga harakat qildik...

- O`zbek oilasida kelinni ona tanlaydi. Siz ham onangiz tanlagan qiz bilan oila qurgan bo`larmidingiz?

- Chindan ham baribir onamlar tanlaydilar, ya`ni o`zimiz topsak ham, uyga olib borib, ularga ko`rsatib, tanishtiramiz-ku! Albatta, uydagilarning ham roziligi olinadi, hammaning fikrini, roziligini olamiz. Ammo, muhabbatni ham unutmaslik kerak, deb o`ylayman!

- Onangizga kelinning qaerda o`qishi, kasbi, mavqeyi, oilasi kabi ma`lumotlar qanchalik muhim? Chunki, o`zbek oilasida baribir surishtirishlar bo`ladi!

- Onamlar, “birinchi navbatda mehribon qiz bo`lsin, seni yurakdan yaxshi ko`rsin, umringni oxirigacha sen bilan birga bo`ladigan inson bo`lsin”, deydilar. Qolgani, menimcha, muhim emas!

- Aktrisa Asal Shodieva bilan fotosessiyangiz ham, bosilib qolgan ancha gap-co`zlarni “jonlantirdi”!

- Oilaviy hayotda bo`layotgan voqealar, hammani o`z oilasida qolgani yaxshi, ommaga havola qilinmaydi!

Ko`rib turganingizdek, Shohruhxon Asalga uylanayotganini oshkor ham, inkor ham etmayapti.

Eslatib o`tamiz, xonandaning to`yi 5 iyun kuni poytaxtimizdagi restoranlardan birida bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 11:58, 26 may
shoxrux baxtli bol
Гость 11:04, 18 may
kelin rostdan xam Asal Shodiyevami