Tramp boyligi miqdorini e`lon qildi

10:36, 18 may

Respublikachilar partiyasi tomonidan AQSh prezidentligiga nomzod bo`lgan Donald Tramp seshanba kuni boyligi 10 milliard dollar ekanligini e`lon qildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

AQShning saylov bo`yicha Federal komissiyasiga bu haqda Trampning saylovoldi shtabi xabar berdi:  

“Janob Trampning daromadi dividendini, foizlarini, ijara haqini va lisenzion to`lovlarini hisobga olmaganda, 557 million dollardan oshib ketgan. Bu miqdor 2015 yilda so`nggi bor berilgan ma`lumotlardan ancha katta. Ayni paytda Trampning boyligi 10 milliard dollardan ortiq”.

Tramp AQShda tadbirkor va shoumen sifatida nom qozongan. Uning boyligi haqida doimo bahs-munozara ketadi. AQSh prezidentligiga nomzodlar orasida soliq deklarasiyasini xalqqa oshkor etish majburiy bo`lsa-da, hozirga qadar Tramp buni sir saqlamoqda. Bu ma`lumotlarsiz uning daromadi miqdorini aniqlab bo`lmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!