Toshkent shahridagi “yashirin” svetoforlardan ogoh bo`ling(Foto)

12:32, 18 may

Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» va «Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)» guruhlarida Toshkentning turli chorrahalarida u yoki bu sababga ko`ra qisman yoki to`liq to`silib qolgan svetoforlarning suratlari paydo bo`ldi, deb yozadi “Daryo” nashri. 

“Shu holat yaxshimi?”, — deb mavzuni ochib bergan “Voditeli Tashkenta”ning bir a`zosi. 

“Shaharda shunday svetoforlar ko`plab topiladi”, — deb qo`shimcha qilgan boshqa bir foydalanuvchi.

Simyog`och, ustun yoki yo`l belgisining ortida qolib ketgan svetoforlarning suratlari aksariyat hollarda haydovchilar tomonidan olingani ham foydalanuvchilar e`tiboridan chetda qolmagan.

“Bir kamchilikni ko`rsatmoqchi bo`layapsizu, ammo o`zingiz harakat vaqtida uyali telefondan foydalanib, yo`l harakati qoidalarini buzyapsiz”, — qabilida fikr bildirgan bir foydalanuvchi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!