O`zbekistonlik olim Xalqaro Turk akademiyasining oltin medali bilan taqdirlanadi

14:05, 18 may

O`zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor Ahmadali Asqarov TWESCO - Xalqaro Turk akademiyasining maxsus oltin medali bilan taqdirlanadi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.

Xabarga ko`ra, Xalqaro Turk akademiyasi shu yilning 23-24 may kunlari Ostona shahrida «Buyuk dasht» ijtimoiy fanlar Forumini o`tkazadi.

Ilk bora tashkil etiladigan mazkur forumda dunyoning 20 dan ziyod mamlakatidan davlat va jamoat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, diplomatlar hamda ekspert-olimlar ishtirok etadi.

Forum doirasida turkshunoslikka, xalqlar o`rtasidagi hamkorlikni, madaniy aloqalarni mustahkamlashga qo`shgan hissasi uchun o`zbekistonlik olim Ahmadali Asqarov, taniqli shoir O`ljas Sulaymonov hamda rossiyalik atoqli turkshunoslar Akademiyaning maxsus oltin medali bilan taqdirlanadilar.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!