Toshkent viloyatida talonchilar qo`lga olindi

14:08, 18 may

Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar bo`limiga shu shaharda istiqomat qiluchi 45 yoshli yoshli fuqaro murojaat qilib, ikki noma`llum shaxs 3-mikrorayon hududida Nokia rusumli qo`l telefonini tortib olgani va o`sha zahoti juftakni rostlagani haqida ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmatixabar qilmoqda.
 
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini shu shaharda yashovchi  21 yoshli va  20 yoshli fuqarolar sodir etgani aniqlanib, qo`lga olingan.
 
Ayni paytda mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!